Главная » 2020 » Июнь » 27 » Najot yaqinmi? Yana bir tadqiqotda koronavirus 1 daqiqaga bormay yo‘q qilindi
17:27

Najot yaqinmi? Yana bir tadqiqotda koronavirus 1 daqiqaga bormay yo‘q qilindi


Yaponiyadagi shifoxonalardan birida birida o‘tkazilgan tajriba paytida Yaponiyaning Farmroid kompaniyasi tomonidan gripp virusiga qarshi kurashish uchun yaratilgan robot xonaning polini va devorlarini koronavirusdan tozalashga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya shu yilning iyul oyida androidlarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Asahi” gazetasi xabar bermoqda.

UV Buster qurilmasining to‘lqinlari buyumlarning sirtlarini nurlantiradi. Ushbu turdagi nurlanish ozon qatlamidan o‘tadigan oddiy ultrabinafsha bilan solishtirganda ko‘proq halokatli xususiyatlarga ega. Robot 10 sm masofadan 2,5 sekund ichida 99,9 foiz gripp virusini yo‘q qilishga qodir. Koronavirusni yo‘q qilishga qancha vaqt ketganligi haqida ma’lumot berilmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun 1 daqiqadan ortiq vaqt sarflanmagan.

Sinov o‘tkazilgan Nixon universiteti shifoxonasining tibbiy fakultetida Farmroid kompaniyasining mahsuloti koronavirusni tamoman yo‘q qilgan. Universitet pulmonologiya o‘qituvchisi, professor Yasuxiro Gonning aytishicha, shifoxona ushbu qurilmani "koronovirus tarqalishining oldini olish va ikkinchi to‘lqinga tayyorlanish uchun" ishlatmoqchi.

Ushbu turdagi robotlardan tibbiyot muassasalarida, aeroportlarda va tijorat tashkilotlarida foydalanish mumkin, deb taxmin qilinmoqda. UV Buster tomonidan viruslarga qarshi kurashishda ishlatiladigan ultrabinafsha inson tanasi uchun xavflidir, shuning uchun androiddan foydalanish yuqori xavfsizlik choralariga rioya qilishni talab qiladi.

Avvalroq, Maxsus lampalardan taraladigan ultrabinafsha nurlanish SARS-CoV-2 virusini samarali ravishda yo‘q qilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Najot yaqinmi, yo‘q qilindi, Koronavirus, Yana bir tadqiqotda, 1 daqiqaga bormay | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя