Главная » 2020 » Июнь » 3 » Namangan shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning barchasi sog‘aydi
12:08

Namangan shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning barchasi sog‘aydi


Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor bugun reabilitatsiyaga kuzatiladi. 

Tuzalganlarning 3 nafari Namangan shahridan bo‘lib, 2 nafari ayol va bir nafari 13 yoshli o‘g‘il bola.

Shunday qilib, Namangan shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning barchasi sog‘aydi. Bemorlarning jami soni 155 kishi bo‘lib, ulardan 4 nafari vafot etgan. Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda Toshkent shahridan (7 nafar) keyingi ikkinchi o‘rinda turibdi. O‘zbekistonda ushbu xastalikka chalingan ilk bemor hayotdan ko‘z yumishi bilan bog‘liq ilk holat ham Namangan shahrida qayd etilgandi.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 260 nafar fuqarodan 251 nafari (97 foiz) tuzaldi. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida 5 nafar bemor davolanmoqda. Karantin muassasalarida 610 nafar, uy karantinida 2912 nafar kishi saqlanmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namangan shahrida, barchasi sog‘aydi, Koronavirus, kasallanganlarning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя