Главная » 2020 » Ноябрь » 14 » Namanganda 16 yashar yigit sevgan qizini rashk qilib, maktabdoshini o‘ldirib qo‘ydi
13:01

Namanganda 16 yashar yigit sevgan qizini rashk qilib, maktabdoshini o‘ldirib qo‘ydi


Joriy yilning 7 noyabr kuni Namangan shahrida voyaga yetmagan yigit qiz sabab boshqa bir yigitni pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, voyaga yetmagan (16 yoshli) X.R. soat 22:30 larda Namangan shahar “Soxil” MFY hududida bo‘la turib maktabdoshi, voyaga yetmagan (17 yoshli) G‘.N. bilan “Nega meni yaxshi ko‘rgan qizimga SMS jo‘natding” deb, o‘zaro janjallashib, uni qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan  tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joydagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larni aniqlanib protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganga.

Biroq, joriy yilning 09 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan. 

hozirda X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirib qo‘ydi, Yigit, rashk qilib, sevgan qizini, Namanganda, maktabdoshini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя