Главная » 2020 » Ноябрь » 25 » Namanganda 19 yashar qiz o‘z joniga qasd qildi
08:28

Namanganda 19 yashar qiz o‘z joniga qasd qildi


Namangan viloyati, Chust tumani, "Mo‘ynoqtepa" MFY Suhbatquduq ko‘chasida yashovchi 19 yashar qiz R.D. o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 atrofida sodir bo‘lgan. 

Qiz yashash uyi molxonasi to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin qismidan osib, joniga qasd qilgan. U vafot etgan holda topilgan.

O‘sha kunning o‘zida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra,  R.D.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoqda siqilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqan. Boshqa tan jaroxatlari aniqlanmagan. 

Marhuma R.D. 2001 yilning 11 oktyabr kuni Chust tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Sudlanmagan, mavsumiy dehqonchilik bilan shug‘ullangan, Chust tumani, Mo‘nchoqtepa MFY, Suhbatquduq ko‘chasidagi uyda oila a’zolari bilan yashagan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro R.D. o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, qasd qildi, Namanganda, o‘z joniga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя