Главная » 2020 » Май » 11 » Namanganda 3 yoshli qizaloq koronavirusdan tuzaldi
12:08

Namanganda 3 yoshli qizaloq koronavirusdan tuzaldi


Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanidan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 195 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1897 nafarga yetdi.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: Namanganda, koronavirusdan tuzaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя