Главная » 2021 » Январь » 12 » Namanganda 66 yoshli qorovul o‘ldirib ketildi
17:26

Namanganda 66 yoshli qorovul o‘ldirib ketildi


Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 8:00 larda Namangan viloyati Pop tumani “Anhor” MFY hududida joylashgan bino hovlisida qotillik yuz bergan. U yerdan shu binoda qorovul bo‘lib ishlab kelgan 66 yoshli erkakning qotillik alomatlari bilan jasadi topilgan. 

Viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan 41 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namanganda, o‘ldirib ketildi, qorovul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя