Главная » 2020 » Декабрь » 16 » Namanganda ayanchli hodisa: olti kishi (uch nafari bola) mashinada yonib ketdi
23:22

Namanganda ayanchli hodisa: olti kishi (uch nafari bola) mashinada yonib ketdi


Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30 larda, Namangan shahri I.Karimov – Istiqlol ko‘chalari kesishgan «Fazo» chorrahasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib chorrahadan o‘tayotgan, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

To‘qnashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lib, Nexia haydovchisi (42 yosh), haydovchining xotini (39 yosh), haydovchining farzandlari (13 va 10 yosh) va yo‘lovchilar (34 va 7 yosh) hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayanchli, hodisa, yonib ketdi, Namanganda, mashinada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя