Главная » 2018 » Апрель » 1 » Namanganda cho‘kayotgan qizni qutqaraman deb yigit halok bo‘ldi
08:57

Namanganda cho‘kayotgan qizni qutqaraman deb yigit halok bo‘ldi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida kecha, 29 mart kuni soat 17:00larda 1999 yilda tug‘ilgan M.Rahimjonova Uchqo‘rg‘on shahar «Ulug‘bek» MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketadi.

Shu vaqtda uni qutqarish maqsadida yo‘ldan o‘tib ketayotgan Uychi tumani «Ziyokor» MFYda yashagan, 1997 yilda tug‘ilgan S.Isomxo‘jaev o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, M.Rahimjonova qutqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: cho‘kayotgan qiz, Yigit, halok bo‘ldi, qutqaraman deb, Namangan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя