Главная » 2021 » Январь » 16 » Namanganda IIB xodimlari majburan olib ketgan fuqaro hokimlik vakilining qo‘lini sindirganlikda ayblanyapti
21:54

Namanganda IIB xodimlari majburan olib ketgan fuqaro hokimlik vakilining qo‘lini sindirganlikda ayblanyapti


15-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Namanganda tadbirkorning qo‘lini qayirib, tepib, mashinaga solishdi» sarlavhali xabar tarqaldi. Namangan viloyati IIB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, IIB xodimlari tomonidan qo‘li qayirilib, majburan mashinaga o‘tqazilayotgan odam aslida tadbirkor emas, qurilish ishchisi bo‘lgan.

Hokimlik vakillari tomonidan tadbirkor tomonidan qurilayotgan ob’yekt noqonuniy ekanligi aniqlanib, voqea joyiga qurilishni to‘xtatish uchun chiqilgan.

Biroq, qurilish ishchisi bunga qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan. Hokimlik vakilini urib, qo‘lini sindirgan. Ishchini tinchlantirish maqsadida IIB xodimlarini chaqirishgan.

Qurilish ishchisi qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, mashinaga solib olib ketilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilyapti.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IIB, majburan, ayblanyapti, Namanganda, xodimlari, sindirganlikda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя