Главная » 2021 » Январь » 3 » Namanganda jinoyatchi 21 yoshli ayol bo‘lib chiqdi
11:34

Namanganda jinoyatchi 21 yoshli ayol bo‘lib chiqdi


28 dekabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs, eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, narxi 1.300.000 so‘mlik “Vesta” rusumli televizorini, 1.100.000 so‘mlik tovarlari, 750.000 so‘mlik drel va bolgarkasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jinoyatchi, Namanganda, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя