Главная » 2021 » Апрель » 12 » Namanganda kelinoyisi suvga itarib yuborgani aytilgan qiz jonsiz holatda topildi
14:25

Namanganda kelinoyisi suvga itarib yuborgani aytilgan qiz jonsiz holatda topildi


5-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi S.A.Mamadaliyev tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Chortoq tumanida onasi Mamadaliyeva Nasiba qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan farzandi Asatillayeva M. shu kuni ertalab Chortoq tuman XTBga qarashli 47-sonli umumta’lim maktabiga ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.Asatillayevaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng, JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 6 aprel kuni voyaga yetmagan M.Asatullayevaning jasadi “Katta Namangan” kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ostining suv oqimi past bo‘lgan qismidan tashqi tan jarohatlarsiz topilgan.

Tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan M.S.Asatullayevani 2021-yil 5-aprel kuni soat 10:30da kelinoyisi 1999-yilda tug‘ilgan Qodirjonova Feruza Komiljon qizi maktabdan olib chiqib ketganligi va Chortoq tumani, A.Navoiy MFY, M.Ulug‘bek ko‘chasidan oqib o‘tgan “Katta Namangan kanali”ga olib borib, suvga itarib yuborganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, fuqaro F.K.Qodirjonova 6 aprel kuni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: itarib, Qiz, suvga, topildi, holatda, jonsiz, kelinoyisi, Namanganda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя