Главная » 2020 » Июнь » 23 » Namanganda yana bir fojia. Erkak gavjum bozorda sobiq xotinini o‘ldirdi
18:49

Namanganda yana bir fojia. Erkak gavjum bozorda sobiq xotinini o‘ldirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir fojia aks etgan lavha tarqaldi. Unda gavjum bozorda qonga belanib yotgan ayol aks etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqelik shu yilning 18 iyun kuni yuz bergan. Ya’nikim, shu kuni qoq peshinda Namangan shahrida yashovchi 41 yoshli I.N. sobiq turmush o‘rtog‘i M.N.ning (1980 yilda tug‘ilgan) ish joyiga kelib (ayol «Sardoba» buyum bozoridagi «Matbuot do‘koni»da ishlagan), yana birga yashashni taklif qiladi. Biroq ayol rad javobini beradi. Kechga yaqin I.N. mast holda yana kelgach, ikki o‘rtada janjal ko‘tariladi. Natijada erkak yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini ayolning o‘ng orqa ko‘krak qismiga sanchib yuboradi. Yetkazilgan tan jarohati oqibatida ayol voqea joyida vafot etadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda I.N. hibsda, unga nisbatan jinoyat ishi (qasddan odam o‘ldirish) qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkak, yana bir fojia, Namanganda, sobiq xotinini, gavjum bozorda, o‘ldirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя