Главная » 2020 » Сентябрь » 4 » Namangandagi «maxluq voqeasi»ga rasmiy munosabat bildirildi
23:18

Namangandagi «maxluq voqeasi»ga rasmiy munosabat bildirildi


So‘nggi kunlarda Kosonsoy tumani Hurriyat mahallasida qandaydir noma’lum shaxs kechalari fuqarolar tinchini buzib, ularni qo‘rqitib yurgani, uni ushlamoqchi bo‘lishganida tomga qochib ketgani, u juda ham kuchli va chaqqon, hattoki to‘rt oyoqda yurishi  haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Buning natijasida bir necha kundan beri aholi tinchi buzilgan. Hattoki ayollar va bolalar kechasi ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolishgan. Achinarlisi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz mish mishlar yashin tezligida butun tuman bo‘ylab tarqalib ketdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, ayni damda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va bu surishtiruvlar natijasida shu ayon bo‘ldiki shov shuvlarga sabab bo‘layotgan bu g‘ayritabiiy mavjudot emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko‘rsatmoqda. U hozirgacha hech qanday jinoiy ish (o‘g‘rilik, qotillik, shikast yetkazish....) qilmagan. Shunday ekan ortiqcha vahima va qo‘rquvga hojat yo‘q.

Eslatilishicha, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bildirildi, Namangandagi, rasmiy munosabat, «maxluq voqeasi»ga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя