Главная » 2019 » Февраль » 1 » Namanganlik ayol erini o‘ldirib, jazmani bilan Qozog‘istonga qochib ketdi
19:53

Namanganlik ayol erini o‘ldirib, jazmani bilan Qozog‘istonga qochib ketdi


Namanganda erini o‘ldirib kanalga oqizgan ayol va uning o‘ynashi qidirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Sof.uz'ga ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida quyidagilar aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, D.K. turmush o‘rtog‘i 1989 yilda tug‘ilgan N.Yu. bilan yaqin qarindoshi – amakisining o‘g‘li, 1992 yilda tug‘ilgan V.K. bilan o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lib kelganligidan shubha qilib, 18-yanvar kuni spirtli ichimlik ichib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. bilan uyida o‘zaro janjallashgan.

Bundan xabar topgan V.K. telefon orqali D.K.ni o‘zini xonadoniga chaqirib, xolasining o‘g‘li T.M.ga temir boltani berib, D.K. kelib, janjal qilishi bilan uning bosh qismiga bolta bilan qasddan urishi haqida ko‘rsatma bergan.

18 yanvar kuni soat 21:30 larda D.K. amakisi X.K. uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. va V.K. o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarni X.K. bilan muhokama qilayotgan vaqtida V.K. ham janjalga aralashgan paytda, T.M. uning orqasidan kelib, qo‘lidagi temir bolta bilan D.K.ning boshiga bir marta urgan. D.K. muvozanatini yo‘qotgandan so‘ng X.K. boltani olib, D.K. boshiga bolta bilan 2 marta urgan. D.K. yerga yiqilgandan so‘ng, V.K. kelib, D.K.ni bosh qismiga qasddan tepgan, natijada D.K. voqea joyida vafot etgan.

Shundan so‘ng, V.K. va M.T.lar jinoyat izlarini yashirish maqsadida D.K.ni jasadini ko‘rpaga va polietilen selofanga o‘rab, V.K.ning otasi X.K.ga tegishli Lacetti’ning yukxonasiga solib, Namangan shahar, Mashad MFY hududidan oqib o‘tgan «Shimoliy Farg‘ona kanali»ga tashlab yuborishgan.

Jinoyatni sodir etilishida foydalanilgan temir boltani Chortoq tumani, Gulshan MFY hududidan oqib o‘tgan «Chortoq soy» arig‘i qirg‘og‘iga tashlab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan 26 yanvar tuman prokuraturasi tomonidan V.K., X.K. va M.T.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Marhum D.K.ning jasadi 27 yanvar kuni To‘raqo‘rg‘on tumani, Uzumzor MFY hududidan oqib o‘tgan «Shimoliy Farg‘ona kanali»dan ko‘rpa va polietilen selofanga o‘ralgan holatda tan jarohatlari bilan topilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, X.K. va M.T.lar JKning 97-moddasi 2-kismi «p» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan, 28 yanvar X.K., M.T.larga JKning 97-moddasi 2-kismi «p» bandi bilan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

V.K. tergovdan yashirinib Qozog‘istonga marhum D.K.ning turmush o‘rtog‘i N.Yu. bilan birgalikda qochib ketganligi sababli 28 yanvar unga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi va qidiruv e’lon qilindi.

Hozirda jinoyat ishi viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi ish yurituviga olindi. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov Bosh prokuratura nazoratiga olindi.


Manba: "zamin.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jazman, ayol. eri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя