Главная » 2020 » Январь » 17 » Namanganlik erkak 74 ming so‘m pul uchun er-xotinni pichoqlab o‘ldirdi
21:58

Namanganlik erkak 74 ming so‘m pul uchun er-xotinni pichoqlab o‘ldirdi


Namanganning Pop tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Xo‘randa ovqatlanish shoxobchasining egalari bo‘lgan er-xotinni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Aziz Yangiboyev Pop tumanida yashovchi xolasinikiga borgan. U yo‘lda ovqatlanish uchun xalq orasida “Vilka” deb ataluvchi oshxonaga kiradi. Bu yerda turli taomlar va spirtli ichimlik buyurtma qiladi. Uning ovqatlanishi uzoq vaqt davom etadi. Kayfi oshgan xo‘randaga ishchilar oshxona yopilayotganini aytadi. O‘zini boshqara olmay qolgan Azizni olib ketishi uchun uning xolasiga qo‘ng‘iroq qilishadi. Xo‘randaning yegan taomi va ichimligining narxi 74 ming so‘m bo‘lganini aytishadi, shunda Aziz yonida to‘lash uchun puli yo‘qligini, kafolat sifatida Redmi rusumli telefonini tashlab ketishini aytadi.

Aziz xolasinikiga borib, telefonini “zalog”ga tashlab ketganidan g‘azablanadi. Shunda u xolasinikidan pichoq olib oshxonaga qaytib boradi. U oshxonaning ikkinchi qavatida uxlab yotgan oshxona egalari— er-xotinni pichoqlagan. Dastlab u erkakning ko‘ksiga pichoq uradi, uning baqirig‘idan uyg‘onib ketgan xotini eriga yordam ko‘rsatishga oshiqadi. Biroq Aziz er-xotinning duch kelgan joyiga pichoq bilan uraveradi. Er-xotin olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Aziz Yangiboyev Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя