Главная » 2020 » Март » 2 » Namanganlik yigit telefon pulini bermaslik uchun tengdoshini o‘ldirib, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi
21:56

Namanganlik yigit telefon pulini bermaslik uchun tengdoshini o‘ldirib, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi


Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan D.Ibragimov tengdoshini qasddan o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan X.Solijonov tanishi D.Ibragimovga muqaddam sotgan uyali telefon apparati pullarini olish uchun uning oldiga borib qaytib kelmagan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida D.Ibragimov Chust tumani “Sadacha” mahallasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish sexida X.Solijonov bilan o‘zaro janjallashib, oldida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan uning yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgani aniqlangan. Shundan so‘ng D.Ibragimov tengdoshini shu yerdagi maishiy chiqindilar orasiga ko‘mib yuborgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha D.Ibragimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя