Главная » 2021 » Февраль » 11 » Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)
20:26

Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)


Dueyn Jonson, Nargiz Zokirova va boshqa yulduzlarning siz avval ko‘rmagan suratlarini taqdim qilamiz.

Dmitriy Nagiyev

Istarali Nagiyev yoshligida tamoman boshqa ko‘rinishda bo‘lgan va obrazi ham shunga yarasha bo‘lgan. Bora-bora kal bo‘lib yurishni tanlaganidan keyin esa muxlislari avvalgidan ko‘paygan, karyerasida esa muvaffaqiyat kuzatiladigan bo‘lgan.

Vin Dizel

Vinning sochlari qalin va qora rangda bo‘lgan. Tungi klubda mast va bezorilarni haydab chiqaradigan xodim bo‘lib ishlagan vaqti esa soch turmagini o‘zgartirishga qaror qilgan. U jingalak sochlaridan ko‘ra kal boshi bilan jiddiyroq va salobatli ko‘rinaman, deb o‘ylagan. Olifta yigit imiji esa kinematografiyada yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga yordam bergan.

Gosha Kutsenko

Yoshligida Goshaning sochlari uzun, deyarli yelkaga tushib turadigan bo‘lgan. 1966-yilda esa aktyor sochlarini qirdirib tashlagan. Bunday qarorga u bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashuvga chiqqanidan keyin kelgan. Aktyor ko‘rinishini o‘zgartirganidan aslo afsuslanmaydi. Qolaversa, sochlarini oldirgani jiddiy ko‘rsatgani sabab ham loyihasi uchun shunday qahramon qidirayotgan rejissorlardan takliflar ko‘paya boshlagan.

Nargiz Zokirova

Xonanda bergan intervyulardan birida tashqi ko‘rinishi bilan turli eksperimentlar qilishiga onasi qarshilik qilmagani, ammo yuziga tegmaslikni iltimos qilganini ma’lum qilgan.U sochini oldirib tashlaganidan keyin oynaga qarab qo‘rqib ketgan va yig‘lagan. Shunga qaramay, ko‘p yildan buyon obrazini o‘zgartirishga qaror qilmaganini bilish qiyin emas.

Dueyn Jonson

Suratga nazar tashlab aktyor sochlari bilan yuvosh va beozor ko‘rinishini bilish mumkin. Eksperiment sifatida kal bo‘lgan Dueyn ushbu ko‘rinishni yoqtirib qolganidan keyin imijini o‘zgartirmagan.

Fyodor Bondarchuk

Bondarchuk imij haqida o‘ylab ko‘rmagan, shunchaki klip suratga olish jarayonida issiq bo‘lgani sabab sochlarini oldirib tashlagan. Shundan keyin Fyodor bunday ko‘rinishni yoqtirib qolgan, u kal insonlar ko‘proq erkin bo‘lishini ta’kidlaydi.

Bryus Uillis

Bryus sochlarini norozilik sifatida oldirib tashlaganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, soch o‘stiradigan vositalar reklamasi sochsiz erkak ko‘rkam ko‘rinmaydi, degan fikrni targ‘ib qiladi. “Mardlik boshdagi sochga emas, fe’l-atvorga bog‘liq bo‘ladi”, – degan aktyor. Bunday nuqtayi nazarni ilgari surgani uchun ko‘plab yigitlar unga tashakkur bildirishini ta’kidlagan.

Iosif Prigojin

Prodyuserning 90-yillarda qora, qalin sochlari bo‘lgan. Avvalgi ko‘rinishi ham chakki emasligini ta’kidlaydigan Iosif sochimni yana o‘stirsammikin, deb hazil qiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nargiz Zokirovadan, Yulduzlar, (FOTO), Vin Dizel, Kal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя