Главная » 2020 » Март » 31 » NASA Yer tomon uchib kelayotgan asteroidga zarba bermoqchi
18:09

NASA Yer tomon uchib kelayotgan asteroidga zarba bermoqchi


Avvalroq, ulkan asteroid Yer sayyorasi tomon yaqinlashayotgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) ushbu asteroidga kinetik zarba berishga tayyorlanmoqda.

Asteroid sayyoraga hech qanday tahdid solmaydi, ammo mutaxassislar uning parvozining trayektoriyasini o‘zgartirish uchun zarba bermoqchi. Ushbu jarayon keyinchalik sayyorani kattaroq asteroidlardan himoya qilish tizimini yaratish uchun tajriba bo‘ladi.

NASA olimlarining so‘zlariga ko‘ra, asteroidga zarba berish dasturi DART (Double Asteroid Redirection Test) deb nomlangan. Koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli, NASA allaqachon bir nechta parvozni bekor qilgan, ammo keyingi parvoz 2021 yil 22 iyulga rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 52768 (1998 OR2) asteroidi joriy yilning 29 aprel kuni yerga yaqinlashadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u Yerdan 6,29 million km masofada naridan o‘tadi. Bu masofa Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 16 marta katta.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя