Главная » 2018 » Январь » 30 » “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasini 5 ta gol urish bilan boshlab, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi
20:10

“Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasini 5 ta gol urish bilan boshlab, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi


Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada “Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadi.

“Nasaf” pley-off bosqichida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qilib, 5:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda qarshiliklar safidagi legioner futbolchilar ham, Osiyo Chempionati U23 qahramonlari ham o‘zini ko‘rsatdi. Shorahmedovning o‘rniga olib kelingan Lukich birinchi golga uzatma berdi, boshqa bir legioner Golban undan unumli foydalandi. Klub yetakchisi Cheran esa to‘rtinchi golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Osiyo Chempionatida ishtirok etgan futbolchilar garchi o‘yindan bir kun oldin Qarshiga yetib kelgan va kamida 1 oy davomida jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkaza olmagan bo‘lsa-da, maydonga chiqarildi. Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyevning bu qarori o‘zini oqladi. Avvaliga Bobur Abduxoliqov gol urgan bo‘lsa, keyinroq Aziz G‘aniyev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Nasaf” Chempionlar Ligasining “C” guruhida Amirliklarning “Al-Vasl”, Qatarning “As-Sadd” hamda Eronning “Persipolis” klublariga qarshi kurash olib boradi.

Chempionlar Ligasi

Pley-off bosqichi

30-yanvar, seshanba

“Nasaf” — “Al-Faysaliy” (Iorlaniya) 5:1

Gollar: Igor Golban, 12 (1:0). Bobur Abduxoliqov, 49 (2:0). Aziz G‘aniyev, 52 (3:0). Dragan Cheran, 61-pen (4:0). Yosir Ar-Ravashdeh, 86-avt (5:0). Alban Meha, 93+

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov — Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Sharof Muhitdinov — Odil Hamrobekov (Sanjar Rashidov, 80), Aziz G‘aniyev (G‘olib G‘aybullayev, 76) — Islom Kenjaboyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 70) — Bobur Abduxoliqov.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Nasaf | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя