Главная » 2017 » Январь » 4 » Nasiba Abdullayeva o‘zi uchun qayta kashf qilgan o‘zbek estrada xonandasi haqida gapirdi
17:57

Nasiba Abdullayeva o‘zi uchun qayta kashf qilgan o‘zbek estrada xonandasi haqida gapirdi


O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. 

Nasiba Abdullayeva xonanda Shohruhxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi. 

“Haqiqatdan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. ‘Aldamadim’dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim”—deydi Nasiba Abdullayeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nasiba Abdullayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя