Главная » 2017 » Январь » 20 » Natasha Korolyova nima uchun buvisining dafn marosimida qatnasha olmasligini izohladi
10:57

Natasha Korolyova nima uchun buvisining dafn marosimida qatnasha olmasligini izohladi


Rosiyalik xonanda Natasha Korolyova Kiev shahrida vafot etgan buvisining dafn marosimida qatnasha olmaydigan bo‘ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

“Buvimning dafn marosimida qatnasha olmasligimga Ukraina respublikasi xavfsizlik xizmatining meni mamlakat hududiga kirishimni taqiqlagani sabab bo‘ldi”, deb izohladi bu holatni Natasha Korolyova.

Xonanda o‘zining Instagram sahifasida buvisining olamdan o‘tgani haqida xabar qoldirgan.

“Bugun Kievda buvim olamdan o‘tdi. Ammo men uning dafn marosimiga borolmayman...”, deb yozgan xonanda. 

2016 yilda Ukraina xavfsizlik xizmati Natasha Korolyovani Qrimning Rossiyaga qo‘shilganini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, unga Ukraina hududiga kirishni 5 yil muddatga taqiqlagan edi. 

“Agar buvimga biror kor-hol bo‘lsa, men Kievga borolmayman. Eng dahshatlisi uning dafn marosimida qatnasholmayman... Sog‘ligi ko‘tarmaganligi bois u Moskvaga kelolmaydi...” deb yozgan edi xonanda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Natasha Korolyova | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя