Главная » 2021 » Июнь » 9 » National Geographic Yerda beshinchi okean borligini tan oldi
21:09

National Geographic Yerda beshinchi okean borligini tan oldi


National Geographic 8 iyun — Jahon okeanlari kunida beshinchi — Janubiy okean mavjudligini tan oldi. Endi u National Geographic xaritalariga tushirilishi aytildi.  

“Janubiy okean olimlar tomonidan azaldan tan olingan, ammo hech qachon xalqaro darajadagi kelishuv bo‘lmagani sababli, biz uni rasman tan olmagan edik”, degan National Geographic jamiyati geografi Aleks Teyt. 

National Geographic kartograflari 1915 yilda, jamiyat xaritalar yaratishni boshlaganidan beri Yerdagi to‘rtta okeanni — Atlantika, Tinch, Hind va Shimoliy Muz okeanlarini hisobga qo‘shar edi. Tarixiy jihatdan janubiy materikni o‘rab turgan suvlar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining kengayishi sifatida qaralardi. 

1937 yilda Xalqaro gidrografik tashkiloti Janubiy okeanni tan olgan, ammo 1953 yilda ilmiy jamoatchilikning bosimi ostida bu qarorini bekor qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Janubiy okeanni dastlab golland geografi B. Varenius 1650 yilda mustaqil okean sifatida ajratgan.
Janubiy okeanni alohida okean qilib ajratishda iqlimning sovuqligi, gidrologik sharoitlar asos qilib olingan.  

National Geographic bu 130 yillik ilmiy, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlarga bag‘ishlangan notijorat tadqiqot va ta’lim tashkilotidir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Geographic, Okean, National, Yerda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя