Главная » 2020 » Май » 9 » Navoiy yana koronavirusli hududga aylandi
23:25

Navoiy yana koronavirusli hududga aylandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvali keltirildi.

9 may kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq jami 24ta holat qayd etildi va 22:00 holatiga ko‘ra zararlanish holatlari soni 2349tani tashkil qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu vaqtgacha virusdan xoli hudud hisoblangan Navoiy viloyatida 6ta yangi zararlanish holati qayd etilgan.

Shuningdek, bugun Samarqandda yana 6 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, Toshkentda bemorlar soni 12taga oshgan. Boshqa hududlarda yangi holatlar qayd etilmagan.

Bugun jami 71 kishi tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 1846 nafarga yetdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 493 bemor qolmoqda.

Navoiyda ilk holatlar 31 mart kuni aniqlangandi. Ularning biri 25 aprel kuni tuzalgandi, 4 may kuni ikkinchi bemor ham sog‘ayib chiqqan va Navoiy koronavirusdan xoli hududga aylangandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiy, hududga aylandi, koronavirusli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя