Главная » 2020 » Июль » 11 » Navoiyda o‘smir yigit 5 yoshli qizaloqni o‘ldirgani aytilmoqda
15:31

Navoiyda o‘smir yigit 5 yoshli qizaloqni o‘ldirgani aytilmoqda


2020-yilning 9-iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida sodir etilgan mudhish qotillikka voyaga yetmagan o‘smir sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

2004-yil Zarafshon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maktab o‘quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi B.Q. joriy yilning 8-iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan. 

Qayd etilishicha, B.Q. amakisi – 1985-yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda yashovchi E.T.ning o‘gay qizi, ya’ni 2015-yil Nurota tumanida tug‘ilgan, Navbahor tumani, «Yangihayot» MFYda istiqomat qiluvchi, voyaga yetmagan M.A.ni oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.A.ning onasi,  1988-yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1 nafar farzandi bor M.D.ga ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining «Jonlantirish bo‘limi»ga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qizaloqni, o‘smir yigit, o‘ldirgani aytilmoqda, 5 yoshli, Navoiyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя