Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Navoiyda “samosud”: fermer ishchisini kaltaklab, qiynab, daraxtga bog‘lab ketdi
13:22

Navoiyda “samosud”: fermer ishchisini kaltaklab, qiynab, daraxtga bog‘lab ketdi


Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroni bo‘yin va qo‘l qismlarini arqon bilan bog‘lagan hamda fuqaroga tan jarohati yetkazish alomatlari mavjud ko‘rinishda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan video tarqalgan. 

Tergov departamentining holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davrida qo‘yidagilar aniqlangan.

Jumladan, joriy yilning 3 oktyabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yuz bergan. Soat 10:30 da “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonida ushbu fermer xo‘jalik ishchisi bo‘lgan 32 yoshli S.Sh. spirtli ichimlik iste’mol qilib mast holda fermer xo‘jaligi rahbari 26 yoshli J.N.ni sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan. Fermer xo‘jaligi rahbari J.N. ishchisi S.Sh.ni yuzi va tanasini turli joylariga urib, tepgan holda jarohat yetkazgan. So‘ng bo‘ynidan arqon bilan bog‘lab, qo‘shni fermer xo‘jaligi traktorchisi fuqaro 28 yoshli S.N. bilan birgalikda uning traktorida fuqaro S.Sh.ni fermer xo‘jalikning dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solib daraxtga bog‘lab, tashlab ketganliklari aniqlangan.

O‘z navbatida ushbu kuni bo‘lgan holatni J.N. o‘zining qo‘l telefoniga video tasvirga olib tanishi T.R.ga Telegram messenjeri orqali yuborgan. T.R. o‘z navbatida ushbu videoni Qiziltepa tumanidagi tanishlariga yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 4 oktyabr kuni fuqaro S.Sh. fermer xo‘jaligi rahbari J.N.ning Qiziltepa tumani “Azizabod” MFYdagi yashash xonadoniga bir kun oldingi holatga oydinlik kiritish maqsadida borganida fermer xo‘jaligi rahbarining otasi 52 yoshli N.V. o‘zaro vujudga kelgan tortishuvdan so‘ng S.Sh.ni yashash xonadoniga olib kirib tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138-moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv davom etmoqda 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: samosud, daraxtga, kaltaklab, qiynab, fermer, ishchisini, Navoiyda, bog‘lab ketdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя