Главная » 2020 » Август » 8 » Navoiyda shogird ustozining qotiliga aylandi
12:11

Navoiyda shogird ustozining qotiliga aylandi


Navoiyda shogird ustozi bilan o‘rtasida yuz bergan janjal oqibatida qotilga aylandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yashovchi Uchquduq tumani fuqarolari — 32 yoshli U.U. hamda 62 yoshli V.M. uzoq yillardan buyon ustoz-shogird sifatida avtomashinalarni ta’mirlab kelgan.

Joriy yilning 2 avgust kuni soat taxminan 22:30 da ustoz hamda shogird tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan garajda spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib qolgan. 

Mast holda bo‘lgan U.U ustozi V.M.ni urib, do‘pposlagan. bearmon kaltaklangan V.M. o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirilmagani oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiyda, shogird, ustozining, qotiliga aylandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя