Главная » 2021 » Июнь » 8 » Navoiydagi fojiali yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi
16:58

Navoiydagi fojiali yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi


Bugun, 8-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holat kecha 7-iyun kuni taxminan soat 15:52da Navoiy viloyati Karmana tumani, «Bog‘ishamol» MFY hududidagi «Zarafshon Golden Groop» MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yong‘in joyida bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RShTYoIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuz bergan hududga yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiydagi, fojiali, yong‘in | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя