Главная » 2021 » Март » 24 » Navoiylik ayol o‘zi va uch nafar qizchasini poyezd ostiga tashladi
10:05

Navoiylik ayol o‘zi va uch nafar qizchasini poyezd ostiga tashladi


21-mart kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidan bo‘lgan 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar farzandini poyezd ostiga tashlagan. Bu haqda «Zamon» informatsion teledasturida xabar qilindi.

Ma’lumot berilishicha, voqea Karmana tumani, Malikrabot qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi Karmana-Tinchlik temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 17 kilometr qismida sodir bo‘lgan.

Shu kuni ona o‘zi bilan birga uch nafar qizini poyezd qatnov qismi yo‘liga olib chiqishi oqibatida ularni poyezd urib yuborgan.

Aytilishicha, 2013-yilda tug‘ilgan qizi ayolning qo‘lidan qochib qutilib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan ikki qizi va onasini poyezd turtib yuboradi. Natijada ona va 2016-yilda tug‘ilgan qizning bosh qismi qattiq jarohatlanadi. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ona olamdan o‘tgan.

Mahalla faollari so‘zlariga ko‘ra, hech qachon bu oilada biror nizo haqida gap bo‘lmagan. Hatto biror kichik tortishuv haqida gap eshitilmagan.

Hozirda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ostiga, Navoiylik, Poyezd, tashladi, qizchasini, Ayol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя