Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Navoiylik yigit firibgarlik yo‘li bilan bankdan 71 mlnni olib ketdi
14:30

Navoiylik yigit firibgarlik yo‘li bilan bankdan 71 mlnni olib ketdi


Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 27 yoshli yigit 71 millionlik soxta chek bilan bankdan pullarni olib ketdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi. 

Navbahorlik yigit Xalq bankida ta’minotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, imtiyozli ravishda aholiga jo‘ja yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Bu jarayonda uning qarzlari ko‘payib qolgan va Xalq bankining Navbahordagi filialidan 1 million so‘m  miqdorda qarz olgan. Bu hujjatni u qalbakilashtirib, soxta chek yordamida bank kassasidan 71 million so‘m naqd pullarni olib ketgan. 

“Ish jarayonimda 500 ta jo‘ja, 300 ta kurka tovuqlarim o‘ldi. Tanish-bilishlardan parrandalarga yem olish uchun qarz olganman. Jami 70 million so‘m qarz bo‘ldim. Bankdan olingan pullarni ularga qarz o‘rniga tarqatib chiqdim”, deydi gumonlanuvchi. 

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB tergov bo‘limi tominidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-3qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bankdan, Navoiylik, Yigit, olib ketdi, firibgarlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя