Главная » 2020 » Март » 17 » Navro‘zda davlat tashkilotlari xodimlari 3 kun dam oladi
21:21

Navro‘zda davlat tashkilotlari xodimlari 3 kun dam oladi


Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan mulkchilik shaklidan va haftalik ish kunlari sonidan qat'i nazar barcha xodimlar ketma-ket uch kun dam olishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 23 mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

21 mart – bayram kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ham haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar ham 3 kun ketma-ket dam olishadi.

21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);

22 mart – yakshanba (dam olish kuni);

23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, 20 mart – juma kuni ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni yilning boshqa dam olish kuni bilan almashtirilmaydi. Koronavirus xavfi sabab e'lon qilingan karantin holati dam yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarining davomiyligiga ta'sir etmaydi.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя