Главная » 2020 » Февраль » 17 » “Navro‘zni qanday nishonlaymiz?” – Chiroqchida fuqaro sinfdoshini o‘ldirib qo‘ydi
23:20

“Navro‘zni qanday nishonlaymiz?” – Chiroqchida fuqaro sinfdoshini o‘ldirib qo‘ydi


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Navro‘z bayramini qanday nishonlash ustidagi mojaro sabab 35 yoshli erkak 34 yoshli fuqaroni pichoqlab joniga qasd qildi.
Chiroqchi tumani hokimligi xabariga ko‘ra, Navro‘z bayramini qay tartibda nishonlash to‘g‘risida bahslashib qolgan chiroqchilik fuqaro o‘zining sinfdoshini pichoqlab o‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020-yil 14-fevral kuni kechki payt sodir bo‘lgan.

“Tumanining To‘qmor qishlog‘ida yashovchi 1986-yil tug‘ilgan S.Ya. 1985-yil tug‘ilgan N.O. bilan Navro‘z bayramini qay tartibda nishonlash haqida tortishib qoladi. O‘zaro tortishuv pichoqlash bilan yakunlanadi. N.O. jahl ustida S.Ya. ga pichoq urib, uni yaralaydi. Shifoxonaga olib ketilayotgan S.Ya. yo‘lda vafot etadi”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda N.O. qo‘lga olingan. Tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy aholi o‘rtasida har yili ma’lum bir yilda tug‘ilgan sinfdoshlar qishloq (mahalla)ga Navro‘z bayramini tashkillashtirib beradi. Bu esa so‘nggi paytlar mahalliy aholi o‘rtasida kimo‘zarga musobaqalashishni va buning ortidan turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarayotgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя