Главная » 2017 » Апрель » 24 » Nega boyib ketmayotganingizni bilasizmi?
13:09

Nega boyib ketmayotganingizni bilasizmi?


Maqsad va rejalarsiz xaritasiz sayohatga chiqqan yo`lovchiga o`xshaysiz

Boy bo`lishni kim ham orzu qilmaydi, deysiz?Lekin buning uchun faqat orzuning o`zi etarli emas. Quyida psixologlar boyishga xalaqit beradigan 10 ta jihatni sanab o`tishgan...

1. Qo`shnilaringiz siz haqingizda nima deyishi sizni bezovta qiladi. Hayot bu musobaqa emas. Sizning eng yaqin do`stingiz o`ziga BMW sotib olgani bilan kimning nima ishi bor? Yoki singlingiz bolalarini dizaynerlar tikkan liboslar bilan kiyintirishi nega sizga ta`sir ko`rsatishi kerak? Siz o`zingiz uchun nima yaxshiligini aniqlab oling va o`z imkoniyatlaringiz doirasida xarajatlar qiling.

2. Sabrsizlik. Kredit kartochkalar davri boshlangunicha kreditdan istaganingizcha foydalanish mushkulroq edi. Hozir hammasi o`zgargan. Lekin tezroq boyib ketish orzusi bizga hech tinchlik bermaydi. Ammo sabr qilsak, o`shanda mulkka ega bo`lamiz.

3. Zararli odatlar. Chekish, alkogolga ruju qo`yish, ko`ngilochar o`yinlar, bular faqatgina moddiy zarar etkazib qolmasdan, bu odatlar sizni uzoq vaqt o`z ta`sirida ushlab turib, keyin badalini to`lashingizga majbur qiladi.

4. Aniq maqsad yo`q. Boyish uchun avvalo moliyaviy maqsad va rejalar zarur. Ularsiz siz xaritasiz sayohatga chiqqan yo`lovchiga o`xshaysiz.

5. Tayyorgarlik zarur. Sizda shoshilinch vaziyatlar uchun alohida jamg`arma bo`lishi lozim. U sizning xavfsizligingizni ta`minlaydi va taqdirning kutilmagan zarbalaridan himoya qiladi.

6. Birdan mo`may pulga ega bo`lish xohishi. Tezroq boyib ketish xayoli turlicha namoyon bo`ladi. Masalan, har doim lotereya bileti sotib olganingizda, birjada yutishga harakat qilganingizda, ko`chmas mulk va qimmatli metallar sotuvida qanday qilib tezda boyib ketish mumkinligi haqidagi navbatdagi kitoblarni o`qiganingizda siz birdan boyib ketishni xohlaysiz. Buning uchun eng qisqa yo`ldan borishga harakat qilasiz. Aslida bunday yo`lnning o`zi yo`q.

7. Boshqalar pulingiz haqida qayg`urishiga qo`yib berasiz. Djeffri Streyn qayd qilganidek, «sizga pulingizni biror ishga sarflash haqida aytishganida ko`pchilik insonlar avvalo o`z foydasini ko`zlaydi va bu ularning asosiy maqsadi hisoblanadi”. Shunning uchun siz o`zingiz mablag`ni qanday sarflashni rejalashtirishni, mustaqil qaror qabul qilishni o`rganishingiz lozim.

8. Tushunmagan sohaga mablag` sarflaysiz. Moliyaviy bilim juda zarur. Agar siz sarmoyani qanday ishlashini yaxshi tushunsangiz, mablag` sarflashda aqlli qarorlar qabul qila olasiz. Buning uchun mavzuni o`rganishga bir yoki ikki soat vaqt sarflasangiz ham bu fikringizni o`zgartira oladi.

9. Moliyaviy qo`rquv. Bankdagi hisob – bu mablag`ni ko`paytirish emas. Etarli mablag`ga ega bo`lish uchun tavakkal qilishga tayyor bo`lishingiz lozim.

10. Siz o`zingizning moliyaviy ahvolingizdan bexabarsiz. Ba`zi odamlar o`zining moliyaviy ahvolini tekshirib ko`rib, uni baholay olmaydi. Pullaringizni nazoratga oling. Moliyaviy ahvolni nazarga ilmaslik vaziyatni og`irlashtiradi.

Bu qatorga 11-punktni qo`shish ham mumkin: Tanlay olmaslik.

Ba`zida tavakkal qilish yaxshi samara beradi. Xarajatlar ko`payib ketgan vaqtda qaysi biri muhimligini tanlay bilish kerak. Agar noto`g`ri tomonga tavakkal qilsangiz, vaziyatni yomonlashtirasiz. Agar to`g`ri qadam tashlasangiz, salbiy xayollardan qutulib, orzularingizga erishasiz.

Mohitobon tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Boylik, boyib ketish, NEGA, Bilasizmi? | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя