Главная » 2020 » Июль » 4 » Nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari kamligiga epidemiolog aniqlik kiritdi
20:53

Nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari kamligiga epidemiolog aniqlik kiritdi


Berlindagi «Sharite» universiteti tibbiyot majmuasi hamda Garvard universiteti professori Tobias Kurt nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari nisbatan kamligini tushuntirib berdi.

Germaniyada COVID-19dan o‘lim holatlari 1 million aholiga 108 tani tashkil etadi.

Tobias Kurt aniqlik kiritishicha, avvalo, Germaniya koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurgandi (Italiya va Ispaniyadan farqli ravishda — tahr.).

Professor yana bir jihatga e’tiborni qaratdi, bu madaniyat va jamiyat qurilishidagi tafovutlar. Germaniyada bir oilaning turli avlodlari kamdan-kam holatlarda bir uyda yashashadi.

Janubiy Yevropa mamlakatlarida esa doim oilalar katta bo‘lgan, keksalar nevaralar ardog‘ida yashab kelishadi. Afsuski, ushbu qadriyat koronavirusning asosiy qurollaridan biriga aylandi — ko‘chadan kasallikni yuqtirib kelgan bir kishi butun oilasini kasal qilishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlik kiritdi, NEGA, koronavirusdan o‘lim holatlari, Epidemiolog, Germaniyada, kamligiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя