Главная » 2021 » Май » 15 » Neymar qurolli hujum uyushtirishda ayblanyapti
22:28

Neymar qurolli hujum uyushtirishda ayblanyapti


Braziliyalik siyosatchi va faol Agripino Magalyaesh Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi va Brazilya terma jamoasi hujumchisi Neymarni o‘ziga hujum qilishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Magalyaesh San-Paulu sudiga da’vo kiritgan. U Neymarning gomofobik chiqishlari haqidagi qator reportajlaridan keyin shunday ayblov e’lon qilgan.

Magalyaesh Neymarning advokati Davi de Payvu Kosta Tangerinni o‘lim bilan tahdid qilishda ayblagan.

U Neymar va uning advokati tahdidi sabab yashirinishga majbur bo‘layotganini ta’kidlagan.

U sud orqali million real (155 ming yevro) kompensatsiya undirib olish niyatida. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: HUJUM, ayblanyapti, neymar, uyushtirishda, qurolli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя