Главная » 2021 » Август » 28 » Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi
11:40

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi


AQSh va Kanadaning asosiy diqqatga sazovor joyi, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga bayrog‘imiz ranglarida yoritiladi. Bu haqda AQShdagi elchixonamiz ma’lum qilgan.

Bu noyob tadbirni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga 27 avgust kuni AQShdagi diplomatik missiyamiz (Kanadada ham akkreditatsiyadan o‘tgan) Niagara sharsharasi ma’muriyatining rahbariyati bilan erishgan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, bayrog‘imiz ranglaridagi G‘arbiy yarim shardagi eng kuchli sharsharani 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 2 sentyabr soat 7:30da) jonli efirda havola orqali tomosha qilish mumkin.

AQSh va Kanadada yashovchi vatandoshlarimiz ushbu tadbirni saytdagi anketani to‘ldirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Niagara sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bayrog‘i, Niagara, sharsharasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя