Главная » 2020 » Январь » 16 » Nigeriyada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi
20:48

Nigeriyada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi


Afrika qit’asining Nigeriya davlatida yangi qazilgan quduqqa o‘zbekistonlik mashhur ulamo shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi berildi.

Bu haqda «Islom.uz» portali xabar bermoqda. Hozirda aholi ushbu quduq suvidan foydalanmoqda.

Aholisining 90 foizi musulmonlardan iborat bo‘lgan Nigeriya davlati, Afrikaning janubi-g‘arbiy qismida, Sahroi Kabir mintaqasida joylashgan. Uzoq yillardan buyon mamlakat xalqining katta qismi suvsizlikdan aziyat chekib keladi.

Ushbu xayrli ish tashabbuschilari Moskvada faoliyat yuritadigan «Islamnyus» tashkiloti vakillari ekani alohida ta’kidlanadi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя