Главная » 2020 » Май » 5 » Nikotin virusni o‘ldirishga yordam beradimi? Narkolog o‘z fikrini aytdi
15:29

Nikotin virusni o‘ldirishga yordam beradimi? Narkolog o‘z fikrini aytdi


Ba’zi ommaviy axborot vositalarida chekuvchilar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, pandemiya paytida chekish COVID-19 kasalligi holatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil psixiatri va narkologi Evgeniy Bryun gapirib o‘tdi.

“So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida “koronavirus chekuvchilarga kamroq ta’sir qiladi”, degan xabar tarqalmoqda. Bizningcha, bu ma’lumotlar noto‘g‘ri va sog‘liq uchun xavflidir! Tamaki mahsulotlarini har qanday usul bilan ist’mol qilish xavfli!”, dedi u.

Olimning ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar nikotinning ijobiy ta’sirini ko‘rsatadigan biror ishonchli ma’lumot qo‘lga kiritilmagan. Ammo chekuvchilarda immunitetning jiddiy pasayishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud. “Bunday asossiz xabarlarni tarqatish manfaatdor tomonlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan uyushtirilgan deb taxmin qilish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Olimning fikriga ko‘ra, odatiy davrda salomatlik uchun xavfli bo‘lgan barcha vositalar pandemiya vaqtida ikki-uch baravar xavfli bo‘ladi. Har qanday holatda ham sog‘lom turmush tarzi va salomatlik qoidalariga amal qilish koronavirusni yengishning eng samarali usulidir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: nikotin, o‘z fikrini aytdi, yordam beradimi, o‘ldirishga, Narkolog, virusni | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя