Главная » 2017 » Апрель » 2 » Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda
08:39

Nilufar Usmonova shou-biznesni tark etmoqda


Bugundan “Lokomotiv” jamoasi a’zolari soni yana bir nafarga ortdi. Bilasiz, klub brendini yanada ommalashtirish borasida “Lokomotiv”ning ahil jamoasi samarali faoliyat olib bormoqda. Natijada, “temiryo‘lchilar” jamoasiga muxlislik qiladigan auditoriya borgan sayin ortib bormoqda.

Bugundan “Lokomotiv”ning ishqibozlari soni san’atsevarlar hisobiga yanada ortsa ajab emas. Zero biroz avval o‘zbek estradasining yorqin yulduzi – Nilufar Usmonova “Lokomotiv” bilan transfer kelishuviga erishdi. Klub qarorgohiga tashrif buyurgan elimiz ardog‘idagi san’atkor stadion va klub bilan yaqindan tanishgach, unga 21-raqamli futbolka ramziy tarzda topshirildi.

Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarda Nilufar Usmonova ham to‘p suradi. U mazkur hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganidan mamnun ekanini ta’kidlab, “temiryo‘lchilar”ning ushbu mavsumda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonishini ta’kidladi.

“Men shou-biznesni tark etyapman. Meni bolaligimdan futbol qiziqtirishini tushunib yetdim. Inson ko‘nglidagi ish bilan shug‘ullanishi kerak. Meni tushunasizlar va qo‘llab-quvvatlaysizlar deb umid qilaman. Keyingi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida bo‘laman deb umid qilaman”, deydi Nilufar.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя