Главная » 2018 » Январь » 7 » Nilufar Usmonovadan yangi xit -"Dema dema"
22:05

Nilufar Usmonovadan yangi xit -"Dema dema"


Xalqimizning sevimli xonandasi Nilufar Usmonova muxlislari e’tiboriga ijodiy yangiliklarini taqdim etishda davom etadi. Shu kunlarda tinim bilmay, qizg‘in ijod bilan band bo‘lgan xonanda, yangi kompozisiyalaridan birini xalqimiz xukmiga havola qildi. Qo‘shiq "Dema dema" nomli sho‘x tarona bo‘lib, bayram oldi taqdim etilgan munosib sovg‘alardan biri desak yanglishmaymiz. Yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari orqali a’lo darajada kutib olingan bu tarona uchun videoklip suratga olingani haqida xabar bergan edik. Yaqin kunlarda oynayi jahon orqali namoyish etiladigan video asardan so‘ng qo‘shiq yanada muxlislar qalbidan munosib joy egallaydi deb umid qilamiz. "Dema dema" sho‘x va raqsbop qo‘shiq bo‘lganligi uchun, barchaga bayramona kayfiyat ulashishiga ishonamiz. Kompozisiya mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi va musiqasi Shaxboz hamda Navruzga tegishli. Musiqiy sayqalchi esa Jamshid Abdunazarov.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя