Главная » 2022 » Октябрь » 25 » Nima uchun shakardan voz kechish kerak?
17:44

Nima uchun shakardan voz kechish kerak?


Agar siz kundalik ovqatlanish ratsionidan shakarni chetlashtirishga muvaffaq bo‘la olsangiz, salomatligingizga foyda keltirgan bo‘lasiz. Shakar iste’mol qilishdan cheklanyapsizmi? Unda e’tiborliroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki bunda shakar solingan idishdan emas, yarim tayyor mahsulotlar iste’molidan saqlanish lozim.

AQShning Shimoliy Karolina universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, kuniga 300 kkal kaloriya shakar idishidan olinmagan shakar hisobiga qabul qilinar ekan. Taxminan 20 foiz insonlar kuniga “ko‘rinmas” shakardan 700 kkal miqdorda qabul qilishadi. Bu miqdor ko‘zga ko‘rinmasa-da, taxminan 1 stakan shakarga to‘g‘ri keladi. Mazkur ko‘rinmas shakar turli shirinliklar-u, shirin limonadlar tarkibiga yashiringan bo‘lsa-ku mayli. Ammo yo‘riqnomaga yaxshilab ahamiyat bersangiz, shakar salatlar uchun mo‘ljallangan ziravorlar qadog‘ida ham, ketchuplar idishida ham, tvorog va yogurt mahsulotlarida ham “yashiringan”.
 
Yurak yaxshi ishlay boshlaydi

Amerikalik olimlarning aniqlashlaricha, agar inson umuman shakar iste’mol qilmasa, yurak-qon tomir kasalliklari tufayli yuz beruvchi o‘lim holati 3 martaga kamayar ekan. Ular o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Ko‘p shakar yeyish simpatik nerv tizimini faollashtiruvchi, qon bosimi va yurak urishlari sonini oshiruvchi insulinning surunkali ortishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar bir necha hafta shakar iste’molidan voz kechish qonda “yomon” xolesterin miqdorining 10 foizga, zararli triglitserid moddalarining esa 20-30 foizga kamayganligini kuzatishgan.
 

Kunduzgi uyquchanlik va tungi uyqusizlik yo‘qoladi

Qonda qand miqdorining ortishi insonning kun yarmida holsizlik va uyquchanlikni his qilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p shakar yeyish kechki tomon kortizol gormoni ishlab chiqarilishini oshiradi va bu sizga o‘z vaqtida uxlashga xalaqit qiladi.
 
Husnbuzarlar haqida ham unutmang

Husnbuzar kasalligi o‘rtacha 30 yoshdan oshgan insonlarni bezovta qiladi. Kattalardagi mazkur buzilishlar o‘smirlardan farqli o‘laroq organizmdagi yallig‘lanishlar hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Hujayralardagi bunday yallig‘lanishlarni mahsulotlardagi ortiqcha shakar chaqiradi. Amerikaning ovqatlanish bilan birga kasalliklarni davolovchi klinikasi o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, inson qandaydir sababga ko‘ra kuniga 300 g. shakar iste’mol qilishi 87 foizga ko‘p yallig‘lanishlarni qo‘zg‘aydi. Issiq kunda shirin limonad va ichimliklar ichish orqali mazkur miqdorni osongina yig‘ib olish mumkin.

Kayfiyat yaxshilanadi

Barchaga ma’lumki, shakar o‘zining shirin ta’mi bilan stressga qarshi antidepressant bo‘lib, asabiy holatda tinchlanishga yordam beradi. Ammo shu bilan birga shakar o‘rganib qolishga olib kelishi va undan voz kechish “bekor qilish” sindromini qo‘zg‘ashi mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi ham. Ammo bu sindromni jismoniy faollikni oshirish va birorta qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish orqali bartaraf etish mumkin.

Organizm qondagi insulin miqdori ortishidan aziyat chekmasa, o‘zini shuncha yaxshi his qila boshlaydi. Kolumbiya universiteti olimlari shakardan voz kechganlar xavotir, ta’sirchanlik va tushkun kayfiyatdan 2-2,5 marta kam aziyat chekishar ekan.
 

Ajinlarga qarshi kremlardan foydalanmasligingiz mumkin

Olimlarning aniqlashlaricha, shakardan voz kechish teri qarishini 1,5 martaga susaytiradi. Mevalarga shirin ta’m beruvchi fruktoza esa qaritish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun, shirin mevalardan ko‘proq iste’mol qiling.
 
Xotirani mustahkamlaydi

Eslab qolish qobiliyatingiz yomonmi? Bajarilishi kerak bo‘lgan yumushlarni qog‘ozga qayd etib borasizmi? Balki bunda ham yana o‘sha shakar aybdordir! Kaliforniya universiteti olimlarining aniqlashlariga ko‘ra, ko‘p shakar yeydigan bolalar sust bilim olishadi va o‘tilgan darslarni yomon eslab qolishadi.

Ma’lumki, shakar miya faoliyati uchun juda muhim. Ammo bunda gap yetarli miqdorda shakar iste’mol qilishdadir. Ertalabki nonushta vaqtida yoki ish vaqtida qabul qilingan yarim choyqoshiq shakar miya faoliyati uchun me’yoriy miqdordir.
 
Ortiqcha 5 kg yo‘qotasiz

Mahsulotlardagi yashirin shakardan voz kechish kundalik ovqat ratsionini 200 kkal.ga kamaytirishga yordam beradi. 3-5 oy ichida esa bu holat 5 kg.ga ozishingizga sabab bo‘ladi. Bunda organizm hosil bo‘lgan energiyani sarflashga majburligi sabab ortiqcha yog‘lar parchalanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Voz, kerak?, uchun, kechish, nima, shakardan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя