Главная » 2020 » Октябрь » 4 » Nima uchun yosh o‘tgan sari qorin chiqadi?
16:39

Nima uchun yosh o‘tgan sari qorin chiqadi?


Ayrim odamlar har kungi faolligini saqlab qolsa ham, yosh o‘tgan sari to‘lisha boshlaydi. Olimlar buning tagiga yetishga harakat qilishdi.

AQSh va germaniyalik olimlar Yel tibbiyot maktabi immunobiologiya bo‘yicha qiyosiy tibbiyot professori Vish Dip Diksit rahbarligi ostida yosh o‘tgan sari organizm yog‘larni parchalash hisobiga quvvat yig‘ish qobiliyatini yo‘qotishini aniqlashdi. Pirovard natijada teri osti, mushaklar va ichki a’zolar atrofida  yog‘ hujayralari to‘plana boshlaydi. Ular, ayniqsa, qorin bo‘shlig‘ida to‘plangani uchun qorin kattalasha boshlaydi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, yoshlarning organizmida infeksiya tushganda B-hujayralar (limfotsitlar) kattalashadi, keyin esa infeksiya bartaraf etilgandan so‘ng yana oldingi hajmiga qaytadi. Yosh o‘tgan sari ular kichraymay qo‘yadi va yog‘ bo‘lib saqlanib qoladi. Bu esa semirishga va moddalar almashinuvi buzilishi hamda ikkinchi tip diabet kabi yallig‘lanuvchi jarayonlarga olib keladi.

Ma’lumki, keksaygan chog‘da har bir kilogramm yog‘ to‘qimasi salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ichki yog‘, ayniqsa, xavflidir. U qancha ko‘p bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi shuncha ortadi. Hozir tadqiqotchilar bunday salbiy ta’sir aynan B-hujayralar bilan bog‘liqligi, ular to‘g‘ri ishlamay qo‘yishini taxmin qilishmoqda.

Olimlar buni aniqlagach, semizlik — har doim ham zararli odatlar yoki ko‘p ovqat yeyish bilan bog‘liq emas degan xulosaga kelishdi.

Keksaygan chog‘da sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun tana vazningizni nazorat qilishga harakat qiling.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qorin, chiqadi, Nima uchun, o‘tgan sari, Yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя