Главная » 2021 » Сентябрь » 18 » Niqob taqmagan YPX xodimiga jarima yozildi
12:57

Niqob taqmagan YPX xodimiga jarima yozildi


Ijtimoiy tarmoqda «Vaksina olganman deb aytayotgan xodim niqob taqmaslik huquqiga egami?» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXB  rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8-sentyabr kuni soat 17:30 larda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l chizig‘ini bosib harakatlanganligi bois YPX xodimi Sh.Bayjigitov tomonidan elektron shakldagi bayonnoma tuzilgan. Ijtimoiy tarmoqda mazkur holat bo‘yicha video tarqalib, unda YPX xodimi tibbiy niqob taqmaganligi aks etgan. Mazkur holatga haydovchi tomonidan ham e’tirozlar bildirilgan.

Video Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talablariga rioya qilmaganligi uchun YPX xodimi Sh.Bayjigitovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasi tartibida bayonnoma tuzildi, deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: YPX, niqob | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя