Главная » 2018 » Январь » 7 » Nokia 6 (2018) smartfoni rasman taqdim etildi
22:05

Nokia 6 (2018) smartfoni rasman taqdim etildi


Nokia kompaniyasi Nokia 6 smartfonining 2018-yilgi talqinini rasman taqdim etdi. Bu haqda “Hi-tech Mail.ru” xabar berdi.

Yangi Nokia 6 da ekran ostidagi sensorli tugmalar olib tashlangan, ular dasturli yorliqlar bilan almashtirilgan, barmoq izini oluvchi skaner esa korpusning orqa tomoniga joylashtirilgan. Yangi smartfon ajralib turishi uchun barmoq izini oluvchi skaner va kamera modulining atrofi alohida hoshiya bilan o‘ralgan.

Asosiy kamera 16 megapikselli, old kamera esa 8 megapikselli. Displey 5,5 dyuymli bo‘lib, Full HD yechimga ega. Smartfon Android 7.1.1 Nougat tizimidan foydalanadi, yaqin vaqtda esa uni Android 8.0 Oreo’ga yangilash kutilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Nokia 6 | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя