Главная » 2017 » Август » 20 » Nokia 8 smartfoni rasman taqdim etildi
17:05

Nokia 8 smartfoni rasman taqdim etildi


Nokia HMD Global rahbarligida nihoyat o‘zining ilk flagmani — Nokia 8 ni taqdim etdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda. Smartfon yangi Nokia’ga xos umumiy uslubni saqlab qolgan. Qirralari dumaloq shaklli metall korpusdan iborat smartfonning old paneli barmoq izi skaneri va sensorli klavishga ega.

Qurilma uchun kameralar ishlab chiqishda Germaniyaning Carl Zeiss kompaniyasi yaqindan ko‘mak berdi. Nokia 8 smartfoni 13 megapikselli ikki modul bilan jihozlandi: sensorlardan biri rangli, ikkinchisi esa monoxrom. Ikkinchi modul smartfonga oq-qora tartibda tasvirga olish imkonini beradi.

Smartfon uchta mikrofon tufayli ovoz yozishning 360 darajali texnologiyasi — OZO Audio’da ishlay oladi. Android 7.1.1 tizimining zamonaviy versiyasi bilan ta’minlangan. Chip esa to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 835 dan iborat.

Nokia 8 smartfoni 670 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Nokia 8 smartfoni, rasman, taqdim etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя