Главная » 2020 » Июнь » 27 » Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
19:07

Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?


Salomatlik uchun berilgan aksariyat tavsiyalarda xamirturush, shakar qorishmasidan tashkil topgan uglevod va kaloriya manbayi bo‘lgan nonni ratsiondan qisqartirish kerakligi ta’kidlanadi. Aslida ham shundaymi? Non yemaslik qanday oqibatlarga olib kelish mumkin? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Vazn tashlash

Non uglevod va kaloriyaning koni hisoblanadi. Birgina nonning o‘zi to‘ydirmagani bilan suyuq sho‘rva yoki sabzavotli taomga qo‘shib iste’mol qilinsa, sezilarli darajada kaloriya qo‘shiladi. Nonni yemaslikda eng birinchi vazn tashlash kuzatiladi.

Energiya yetishmaydi

Un mahsulotlari — kletchatka va uglevodga boy bo‘lib, organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Non iste’mol qilmaslik esa holsizlik va charchoqni his qilishga sabab bo‘ladi. Agar bir vaqtni o‘zida shakarni ham ratsioningizdan chiqarib tashlasangiz, unda tushkunlikka tushib qolish, kayfiyatingiz yomonlashishiga moyillik ortadi.

Bundan tashqari, non yemaslik soch to‘kilishiga ham olib kelishini unutmaslik kerak. Shifokorlar umuman non iste’mol qilmaslikni tavsiya qilmaydi. To‘g‘ri ovqatlanish bu nondan butkul voz kechish degani emas, shunchaki uning me’yorida va foydali mahsulotlar qo‘shib tayyorlanganini iste’mol qilish kerak. Murabbo, sariyog‘, yog‘li kolbasa qo‘shib yemasdan, sabzavotlar bilan birga yoki avokadodan buterbrod qilib yeyish tavsiya qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: qanday o‘zgarishlar, yuz beradi, Non yeyishdan, voz kechilganda, organizmda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя