Главная » 2017 » Июль » 24 » Nonushtada qahva ichganlar sklerozga chalinmaydi
22:24

Nonushtada qahva ichganlar sklerozga chalinmaydi


Ko‘pchilik ertalabki nonushtada choydan ko‘ra, qahva ichishni ma’qul ko‘radi. Ayrimlar uni zararli ichimliklar qatoriga qo‘shib, umuman iste’mol qilmaydi.

Olimlarning fikricha, bir kunda 6 finjon qahva ichish insonda xotira quvvatining susayish jarayonini sekinlashtiradi. Shu bois shifokorlar kasallikning oldini olish maqsadida ko‘proq qahva ichishni tavsiya etishmoqda. Qahva tarkibidagi kofein moddasi aynan skleroz rivojlanishining oldini olish xususiyatiga ega. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘nggi yillarda muntazam ravishda kuniga 5-6 finjon qahva ichadigan kishilarda parishonxotirlikning rivojlanish darajasi mazkur ichimlikni umuman ichmaydiganlarga nisbatan 28-30 foizga kamdir.

Norvegiya olimlari ertalabki qahvaning yelka va bo‘yin sohalaridagi og‘riqlarga qarshi kurashishini aniqlash uchun tadqiqot olib bordilar.

Mutaxassislar ko‘ngilli 48 kishida tajriba o‘tkazdi. Ulardan 22 nafarida surunkali yelka va bo‘yin og‘riqlari bo‘lgan, qolganlarni esa bunday og‘riq bezovta qilmagan. Har kuni ko‘ngillilar yarim soat mobaynida kompyuterda ishladi. Tadqiqot oxirida ma’lum bo‘ldiki, kompyuterga o‘tirishdan oldin qahva ichgan 19 kishida hech qanday og‘riq sezilmagan. Qahva iste’mol qilmagan 29 ishtirokchida esa og‘riq paydo bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, har kuni ertalab qahva ichish surunkali og‘riqlarni pasaytirishi mumkin, lekin butunlay yo‘qotib yuborolmaydi.

Muxlisa Qosimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Qahva, skleroz, Nonushta, ichganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя