Главная » 2020 » Апрель » 29 » Nurmat Otabekov koronavirus o‘lishi uchun qanday ob-havo sharoiti kerakligini aytdi
17:08

Nurmat Otabekov koronavirus o‘lishi uchun qanday ob-havo sharoiti kerakligini aytdi


Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda mutasaddi koronavirus o‘lishi uchun qanday ob-havo sharoiti kerak bo‘lishini ma’lum qildi.

— Kasallikning kamayib borishi, asosan olib borilayotgan davolash, profilaktika ishlarining samarasi xolosmi yoki ob-havoning isib ketganining ham ta’siri bo‘lyaptimi?
— AQSh Milliy xavfsizlik vazirining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ikki yarim oy davomida olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, yuqori harorat, namlik va quyosh nuri koronaviruslar salbiy ta’sir qilar ekan. Agar tashqaridagi havo harorati 23-24 gradus, namlik esa 20% bo‘lsa, narsalar yuzasidagi 50% viruslar o‘lishi uchun 18 soat vaqt kerak bo‘lar ekan. Agar o‘sha haroratda namlik 80% gacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 50% viruslar o‘lishi uchun 6 soat vaqt kerak bo‘larkan. Agar o‘sha namlikda harorat 30 gradus bo‘lsa, koronavirus 1 soatda, mabodo u yerga quyosh nuri tushib tursa — 1,5 minutda nobud bo‘larkan. Davolashdagi 49,4 % samaradorlikni zinhor inkor qilib bo‘lmaydi. Bunday ko‘rsatkich hatto rivojlangan davlatlarda ham yo‘q.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, Koronavirus, o‘lishi uchun, Nurmat Otabekov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя