Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » Nurmuhamedov kar’erasini qachon tugatishini ma’lum qildi
20:41

Nurmuhamedov kar’erasini qachon tugatishini ma’lum qildi


Mutlaq janglar chempionati chempioni, rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov 35 yoshga kirgandan keyin aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha karerasini to‘xtatmoqchi. Bu haqda u “Match TV” telekanaliga aytib o‘tdi.

Sportchi 31 yoshda va yengil vazn bo‘yicha UFC kamariga egalik qiladi. Nurmuhamedov UFC'da 23 yoshidan buyon ishtirok etib, 2018 yilda chempion bo‘lgan.

“Men 35 yoshimda o‘zimni MMA'da ko‘rmayapman. 34 yoshda imkoniyatlar bo‘ladi, ammo 35 yoshda UFC'da yuqori pog‘onaga chiqish qiyin. 35 yoshgacha kuchimni asrayman, lekin keyinchalik kurashadigan bo‘lsam, sog‘lig‘imga jiddiy ta’sir qilishi mumkin”, deydi Nurmuhamedov.

Nurmuhamedov so‘nggi jangini 2019 yil 7 sentyabrda amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Habib 28 marta jang qilib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Uning navbatdagi jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida amerikalik Jastin Getjiga qarshi bo‘lib o‘tadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Nurmuhamedov, kar’erasini, qachon tugatishini, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя