Главная » 2020 » Апрель » 25 » Nyu-York gubernatori koronavirus shtatga qayerdan kirib kelganini ma'lum qildi
17:41

Nyu-York gubernatori koronavirus shtatga qayerdan kirib kelganini ma'lum qildi


Endryu Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki oy ichida Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jyersi aeroportlariga 2,2 mln kishi uchib kelgan, ularning aksariyati virus tashuvchisi bo‘lgani ehtimoli katta.

Nyu-York shtatiga koronavirus Xitoydan emas, Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan, deb ma'lum qildi shtat gubernatori Endryu Kuomo.

U AQSh Shimoli-sharqiy universiteti tadqiqotlari natijalarini e'lon qildi. Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, shtatda koronavirus tarqalishi manbai Italiya bo‘lgan.

Gubernator Tramp 2 fevralda Xitoydan kirishga taqiq joriy etganini, ammo Yevropadan kirishga taqiq faqat martda, virus Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalganidan keyingina joriy etilganini eslatdi.

"Biz Xitoy uchun kirish eshigini yopdik, bu to‘g‘ri bo‘ldi. Ammo orqa eshikni ochiq qoldirdik, chunki biz Xitoyga taqiqlarni kiritgan paytimizda virus allaqachon Xitoydan tashqariga uchib ketgandi", - dedi Kuomo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki oy ichida Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jyersi aeroportlariga 2,2 mln kishi uchib kelgan, ularning aksariyati virus tashuvchisi bo‘lgani ehtimoli katta.

"Biz Xitoyda kasallik avj olganidan ikki oy keyin harakatga keldik. Bu paytga kelib "ot otxonani tark etib bo‘lgandi", - dedi gubernator.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma'lum qildi, gubernatori, shtatga qayerdan kirib, kelganini, Koronavirus, Nyu-York | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя