Главная » 2020 » Март » 29 » Nyu-Yorkda har 17 daqiqada koronavirusdan o‘lim holati ro‘y bermoqda
16:56

Nyu-Yorkda har 17 daqiqada koronavirusdan o‘lim holati ro‘y bermoqda


AQShda koronavirus kasaliga uchraganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Xabar qilinishicha, Nyu-York shahrida har 17 daqiqada ushbu kasallikdan o‘lim holati ro‘y bermoqda.

Tibbiyot xodimlarini chaqirish 40 foizga o‘sgan. Tez yordam xizmatiga har kuni 6,5 minggacha qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Murojaatlar haddan ortiq ko‘p bo‘lgani sababli 170 kishini aloqada ushlab turishga to‘g‘ri kelyapti.

Nyu-York o‘t o‘chirish xizmati fuqarolardan tez yordamni faqat o‘ta zarur bo‘lganda, masalan yurak yoki nafas olish yo‘llarida muammo yuzaga kelganda chaqirishni so‘ramoqda.

Xabar qilinishicha, payshanba va juma kunlari Nyu-Yorkda koronavirusdan 85 kishi vafot etgan. Shaharda ushbu kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumganlarning umumiy soni 450 nafarga yetdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda AQSh koronavirusdan kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. Mamlakatda 104,8 ming bemor bor. Ikkinchi o‘rindagi Italiyada 86,5 ming nafar kasallanganlar qayd etilgan. Xitoy bu borada uchinchi o‘ringa tushib qoldi, mamlakatda 82 ming bemor mavjud.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя